Buxoro markazida “Boqiy Buxoro” madaniy-etnografik parki loyihasini amalga oshirish boshlandi. Uni qurish uchun 32,6 gektar maydonda 29 ta obyekt buzilishi rejalashtirilgan. Hozirda bir qator binolar qisman buzib bo‘lingan. “Gazeta.uz” muxbiri viloyat bosh arxitektori Zuhriddin Muhiddinov bilan suhbatlashdi.
Buxoroning tarixiy qismi bilan chegaradosh hududda “Boqiy Buxoro” loyihasini amalga oshirish boshlandi. Hozirda markaziy stadion, shahar hokimligi binosi va musiqa maktabini buzish qizg‘in kechmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari “snos”ga tushgan va buzilishini kutayotgan binolarning ayrimlarini kadrlarga muhrladi.
Buxoro shahrining tarixiy qismiga tutash hududda “Boqiy Buxoro” sayyohlik majmuasining qurilishi ortidan o‘nlab davlat obyektlari buzilishi boshlandi. Bu jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari Buxoroda bo‘lib, ayni paytda buzish ishlari ketayotgan obyektlardan fotoreportaj tayyorladi.
Buxoroning tarixiy qismi bilan chegarada etnografik sayyohlik markazi qurilishi 470 mln dollarga baholanmoqda. Hokimlik YUNESKO xulosasini olgandan keyingina yakuniy qaror qabul qilib, qurilish ishlarini boshlashini bildirgandi, biroq stadionni buzish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.
Buxoro shahri markazida o‘nlab davlat obyektlari, jumladan, hokimlik binolari va stadion joylashgan 32,6 gektar maydonda etnografik turizm markazi barpo etiladi. Viloyat hokimi Botir Zaripov o‘tgan yili fuqarolarning noroziligidan so‘ng to‘xtatilgan loyiha tafsilotlari haqida gapirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting